Qalandarov Qalandar Abduraximovich

Devonxona va arxiv mudiri

Devonxona va arxiv mudiri :
Qalandarov Qalandar Abduraximovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 09:00-16:00
  LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Yuqori tashkilotlardan kelgan barcha hujjatlarni belgilangan muddat va tartibda qabul qilish, ro‘yxatga olish, rektorning rasmiy rezolyusiyasi uchun taqdim etish, tegishli ijrochilarga yetkazish, ijrosini ta’minlash va uning ijro holatini nazoratdan chiqarish.

 

Chiquvchi hujjatlarning universitetning belgilangan me’yorlar va rasmiy tartibga muvofiq to‘liq rasmiylashtirilishini ta’minlash, ularni tegishli ijrochilar va bo‘limlarga topshirish.

 

Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun tegishli bo‘lim va xodimlarga yuborish, ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.

 

Universitetning rasmiy blankalarini hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish.

 

Ijro etilgan hujjatlarning tegishli nomenklatura asosida yig‘ma jildlarga tikilib borilishini nazorat qilish va ularning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlash.

 

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ro‘yxatga olish, rektorning rasmiy rezolyusiyasi uchun taqdim etish, ijrochilarga yetkazish, ijrosini ta’minlash va nazoratdan chiqarish.

 

Universitetga kelgan barcha telefonogramma va xatlarni belgilangan muddat va rasmiy tartibda ro‘yxatga olish, rektorga rasmiy rezolyusiya uchun kiritish, ijrochilarga yetkazish va ijrosini ta’minlash, shu bilan birga ularning ijro holatini nazorat qilish.

 

Kelayotgan hujjatlarni elektron dasturga muntazam kiritish, ularning o‘z vaqtida ro‘yxatga olinishi va nazorat qilinishi jarayonini ta’minlash.

 

Universitetning barcha bo‘limlari va tarkibiy tuzilmalarida ish yuritish tartibiga, davlat va ichki normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi hamda ularning nazoratini ta’minlash.

 

Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda arxivga topshirish jarayonini tashkil qilish va nazorat qilish.

 

Arxiv ishlarini rasmiy tartibda tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, tizimlashtirish va tegishli bo‘limlar hamda shaxslar uchun foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash.

 

Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni aniqlash, ularga fond tartib raqamini berish, tegishli davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tayyorlash va arxivdan chiqarish, yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish.

 

Arxiv hujjatlarining ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash, ekspertiza qilish va tegishli hisobotlar tayyorlash.

 

Arxivdagi hujjatlarning saqlanishi uchun zarur bo‘lgan saqlash birliklarini shifrlash, delolarni tegishli tartibda joylashtirish va ularning hisobini muntazam yuritish.

 

Arxiv hujjatlaridan ma’lumotnomalar, nusxalar va zarur hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, so‘rovnomalarga tez va aniq javob berish.

 

Arxiv xonasining qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq saqlanishini ta’minlash, yong‘inga qarshi choralarni ko‘rish, issiqlik va yorug‘lik holatini nazorat qilish.

 

Bo‘lim yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish va arxivga topshiriladigan hujjatlarning to‘g‘ri tuzilganligi hamda rasmiylashtirilganligini tekshirish.

 

Universitet faoliyati bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni va o‘z vakolati doirasida olingan ma’lumotlarni sir saqlash va ularning oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik.

 

Universitetdagi barcha xodimlarga mehnat, mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo‘yicha kerakli yo‘riqnomalarni o‘tkazilishini ta’minlaydi, texnika, mehnat muhofazasi va me’yoriga amal qilishini nazorat qiladi.

 

Universitetda mehnat, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida rektorga bildirishnoma asosida yozma axborot taqdim etadi.

 

Universitet xodimlarining mehnat, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha malakalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini ta’minlaydi.

 

Universitet xodimlarni ishga kirgan vaqtlarida va har uch oyda mehnat, mehnatni muhofaza qilish qoidalari to‘g‘risida yo‘riqnomalar o‘tkazilishini ta’minlaydi.

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish, yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish, shuningdek, jamiyat va universitet faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar berish.