O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Davlat ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan oliy ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Universitet tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, Universitetning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
Universitet daromadlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish;
Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darslik va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
O‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or o‘qitish shakllari, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
Talabalikka, magistratura hamda tayanch doktorantura va doktorantura, shuningdek, mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
Talabalar, izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Fakultet va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazoratini ta’minlash;
Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanuvchi yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, axborot materiallarini keltirish), buning asosida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganish, bitiruvchilarning amalda ishga joylashishi tahlili, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
Universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Universitet Kengashiga rahbarlik qilish, Universitetning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
Jamoatchilik kengashi, Kasaba uyushmalari va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
Universitetning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar hamda topshiriqlar chiqarish;
Prorektorlarning aniq majburiyatlari va masu’lligini belgilash;
Qonunchilikda belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ilmiy pedogog xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat ta’tillari berish, xizmat safarlariga yuborish xamda ishdan bo‘shatishni amalga oshirish;
Universitetning Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari, va boshqa ichki me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash;
Xodimlarning mehnatini, ta’lim oluvchilarning o‘qishini tashkil etish, o‘qish sifatini oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun xujjatlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarda, mehnat shartnomasida, to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha kontraktda ko‘zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish;
Mehnat Kodeksiga muvofiq kasaba uyushma qo‘mitalari bilan jamoa shartnomalarini tuzish;
Xodimga u bajargan ishi uchun belgilangan mexnatga xaq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq xajmda xaq to‘lash hamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
Mehnat, ijro va o‘quv intizomini, mehnatni muxofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq xo‘jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatini boshqarish, ta’lim muassasasining barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha to‘liq javob berish;
Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
Universitet Nizomi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
uz
en
ru