O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Kelib tushgan, jo‘natiladigan va ichki hujjatlarni qabul qilish, rektorga taqdim etish hamda ularning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
Rektor topshiriqlari, qarorlari va ko‘rsatmalari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish.
Rektorat yig‘ilishlari va rektor ishtirokidagi boshqa majlislarni tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish.
Rektor o‘tkazgan majlislar bayonnomalarini rasmiylashtirish, topshiriqlar ro‘yxatini shakllantirish, ijro muddatlarini belgilash hamda ijrosi ustidan nazorat olib borish.
Rektorning respublika va yuqori tashkilotlardagi ma’ruza, hisobot va axborotlari uchun dekanatlar, bo‘limlar va xizmatlardan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish.
Yuqori tashkilotlar talabiga muvofiq ma’lumotnoma, axborot va hisobotlarni tayyorlash hamda imzolash uchun rektorga taqdim etish.
Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish.
Universitet tarkibiy bo‘linmalarini o‘rganish va tekshirish jarayonlarida rektorga hamrohlik qilish, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash.
Rektor ko‘rib chiqadigan barcha hujjatlarni belgilangan tartibda tuzilmaviy bo‘linmalar yoki mas’ul ijrochilarga taqsimlash.
Qaror qabul qilish jarayoni uchun zarur axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish.
Rektor imzosi uchun hujjatlar, bayonnomalar va xizmat yozishmalarini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Rektorning topshirig‘iga binoan xatlar, so‘rovlar va boshqa hujjatlarni yuborish hamda murojaat mualliflariga javoblar tayyorlash.
Rektor ishtirokidagi uchrashuvlar, yig‘ilishlar va tadbirlarni tashkiliy jihatdan ta’minlash (kun tartibi, materiallar, vaqt va joyni belgilash, xabardor qilish).
Rektorning ish joyini tashkiliy, texnik va ish yuritish hujjatlari bilan ta’minlash, uning samarali faoliyati uchun shart-sharoit yaratish.
Telefon orqali muloqotlarni tashkil etish, rektor yo‘qligida kelib tushgan xabar va ma’lumotlarni qabul qilish va belgilangan tartibda yetkazish.
Mehmonlarni qabul qilishni tashkil etish hamda xodimlarning murojaat va takliflarini tezkor ko‘rib chiqish.
Hujjatlarni tasdiqlangan nomenklatura asosida yuritish, saqlash va o‘z vaqtida arxivga topshirish.
Funksional vazifalari doirasida materiallar, takliflar va hujjat loyihalarining sifatli, ishonchli va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun shaxsan javobgar bo‘lish.
Bevosita rektorga hisobot berish.
uz
en
ru