O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Axborot resurs markazining barcha faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda markaz xodimlarini boshqarish.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, markaziy va boshqa axborot resurs markazlari bilan hamkorlik qilish hamda ARM kutubxona fondini doimiy ravishda boyitib borishni ta’minlash.
Barcha bibliografik ishlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Axborot resurs markazi uchun gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishni tashkil etish.
Universitet Axborot resurs markazi va boshqa ARMlar bilan o‘zaro aloqalarni olib borish.
Axborot resurs markazida kitob yarmarkalari, ko‘rgazmalar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash.
Kutubxona (Axborot resurs markazi) fondining shakllantirilishi, tartibga solinishi, saqlanishi va hisobini tashkil etish.
Axborot resurs markazini zarur uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek uni kompyuterlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
Axborot resurs markazini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning kasbiy bilim va tajribasidan samarali foydalanish hamda ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish.
Kutubxona fondini to‘liq butlash maqsadida tarmoq do‘konlar, filiallar va pochta orqali kitob yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Adabiyotlarni hisobdan chiqarish, yo‘qolgan kitoblar o‘rnini to‘ldirish hamda hisob-kitob hujjatlarini tekshirish ishlariga rahbarlik qilish.
Axborot resurs markazida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish hamda kasbiy bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi adabiyotlarni kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlash.
Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash.
Axborot ishlari, ko‘rgazmalar, vitrinalar va boshqa samarali kitob targ‘iboti tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
Ish jarayonida oliy ta’lim muassasasining barcha bo‘limlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Axborot resurs markazi faoliyatini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va muntazam hisobga olib borilishini tashkil etish.
Mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Axborot resurs markazini xo‘jalik jihatdan barcha zarur vositalar bilan ta’minlash va kutubxonada tartib-intizomni saqlash.
Ma’lumotnoma-qidiruv apparati, katalog va kartotekalarning holatini kuzatib borish.
Xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, kitobxonlarga adabiyot tanlashda yordam berish, bibliografik maslahatlar berish va bibliografik sharhlar o‘tkazish.
Elektron axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha kitobxonlarga yordam xizmatlarini tashkil etish.
Axborot resurs markaziga ilmiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalarga oid elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlash.
Kitobxonlarga berilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish.
Oliy ta’lim muassasasida ish samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va muassasa faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish va taqdim etish.
uz
en
ru