O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Universitet tuzilmasi bo‘yicha ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Universitet Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va boshqa ilm-fan va ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Universitetning ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy qismidagi vazifalar bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb mavzularda, ilmiy mavzularda seminarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Ilmiy konferensiya materiallari, davriy ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish hamda Universitetning ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondi to‘ldirib turilishini ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e’lon kilish, ularning iqtibosligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Universitetda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;
Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan eksperimental tajriba-konstruktorlik ishlarining yillik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk obektlari va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;
Xo‘jalik subektlari bilan shartnomalar, innovatsion ilmiy-amaliy dasturlarni, patent-litsenzion faoliyatini amalga oshirish;
professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va boshqarish;
ilmiy noshirlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;
Ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;
Texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik markazlar;
Intellektual faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etuvchi xo‘jalik jamiyatlari, notijorat tashkilotlari, fondlar va boshqalar faoliyatini tashkil etish va ularda ishtirok etish;
Ilmiy va nashriyot faoliyatini amalga oshirish bilan aloqador xalqaro hamkorliklarni amalga oshirish;
O‘z vakolati bo‘yicha davlat boshkaruv idoralari, mulkchilikning barcha shakllari bo‘yicha mahalliy o‘zi-o‘zini boshqarish tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruvni tashkil etadi;
Universitetning ilmiy ishlari va innovatsion faoliyati;
Universitetning ilmiy ishlar va innovatsion faoliyatiga aloqador bo‘linmalar va fakultetlararo ilmiy laboratoriyalar faoliyati;
Universitetning doktorantura bo‘limi va ilmiy bo‘limi, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati;
Ilmiy jurnallar muharrirlari va tahririyat kengashlari faoliyati.
uz
en
ru