O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Universitet tuzilmasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash;
Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Universitetga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni samarali jalb etishni tashkil etish;
Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va boshqa ilm-fan va ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etishda ishtirok etish;
Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
Universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan
chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish;
Yevropa Ittifoqining dasturlari bo‘yicha universitet tomonidan tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga moliyalashtirish uchun vazirlikning tegishli xulosa va tavsiyalarini tayyorlash;
Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan memorandum, bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish, zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlash;
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil kilish;
Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan tushumlar haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlar tayyorlash;
Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish;
Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish;
Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru