Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, Esanov Alijon Mengbayevich

O’quv ishlar bo’yicha prorektor

O’quv ishlar bo’yicha prorektor :
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, Esanov Alijon Mengbayevich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Dushanba - juma kunlari soat 9:00 dan - 17:00gacha
LAVOZIM VAZIFALARI:

 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Universitet tuzilmasi bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi boshqarma va bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

 

Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

 

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

 

Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va boshqa ta’limga oid qonunlar, ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining qarorlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

 

O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

 

O‘quv jarayonini ta’minlaydigan boshqarma va bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

 

O‘quv jarayonini ta’minlaydigan boshqarma va bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

 

Darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

 

O‘qitishning zamonaviy texnik vositalar asosida xamda chet tillarida o‘tilishini ta’minlash va nazorat qilish;

 

Axborot resurs markazini zamonaviy o‘quv adabiyotlari, majmualari, darsliklari xamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;

 

O‘quv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

 

Talabalarning ishlab-chiqarish amaliyoti o‘tishini ta’minlash va uni nazorat qilish;

 

O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

 

Universitet fakultet, kafedra va bo‘limlarining o‘quv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida xisobot berish;

 

Bakalavriyat talabalarning Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazilishini nazorat qilish;

 

Universitetni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish;

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”, “Ishchi o‘quv dastur”, “O‘quv jadval” va “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

 

Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish;

 

Universitet professor-o‘qituvchi va xodimlarining malakalarini oshirishlari bo‘yicha malaka oshirish institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish;

 

Talabalarga stipendiyalar tayinlanlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligini va xolisonaligini ta’minlash;

 

Talabalar bilimini baholash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;

 

Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

 

Professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

 

Bo‘sh lavozimlarga pedagolarni tanlov asosida ishga qabul qilish va magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarni universitetda ishlash uchun olib qolish bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan to‘ldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

 

O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

 

Mehnat va ijro intizomini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;

 

Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar tayyorlash;

 

Fakultet va kafedralar, boshqarma va bo‘limlarning yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

 

Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish universitetlari bilan o‘quv uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash;

 

O‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.