“Talabalarning ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiya”si

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-yil 23-24-aprel kunlari “Talabalarning ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiya”si bo‘lib o‘tdi.
Bugun Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan an’anaviy ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiya”si oʻz ishini boshladi. Ikki kun davom etgan ushbu konferensiyada 200 ga yaqin talabalar 10 ta shu‘balarda oʻz tezislari bilan ishtirok etdilar. Taniqli olimlarning ilk ilmiy faoliyati shu anjumandagi chiqishlaridan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi, — deydi konferensiyaning ochilish marosimida so'zga chiqqan universitet rektori A.Sattarov. Bu kabi anjumanlar orqali talabalarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng maydon yaratiladi. Bu esa oliygohimizning ilmiy salohiyatini yuksalishiga, shuningdek, jamiyat uchun bilimli kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning taqdirlash marosimida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 3 nafar talaba universitet tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashgan 50 nafar talabaga ham diplom, esdalik sovg‘asi va kitoblar ulashildi.