Professor o‘qituvchilarning ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi

Professor o‘qituvchilarning ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi

  • 03.04.2025
  • 13
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-yil 25-may kuni “Professor o‘qituvchilarning ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiya”si bo‘lib o‘tdi.

“Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda ilm-fan va oliy ta’lim sohasiga oid o‘tkazilgan islohotlar natijasida, yurtimizda xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ortib, davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatga kirishmoqda” — dedi konferensiyaning ochilish marosimida ma’ruza qilgan universitet rektori A. Sattarov.

Professor-o‘qituvchilarning ikkinchi an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasida 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar 10 ta shuʻbaga bo‘lingan holda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya shu‘balarida ijobiy baholangan ma’ruzalar hamda saralangan tezislar umumlashtirilib, nashrga tavsiya etildi.

 

Anjuman quyidagi shobalarda faoliyat olib bordi:

1. Ta’lim jarayonida tabiiy fanlarni simullatsion o’qitish usullarining roli

2. Oliy ta’limda tibbiyot fanlarni o’qitishning zamonaviy usullari va mavjud muammolar yechimi

3. Oliy ta'limda ilmiy-tadqiqot ishlarini shakllantrishning zamonaviy usullari va mavjud muammolar yechimi

4. Kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini shakllantirish va raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish

5. O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi: hududni jadal rivojlantirish istiqbollari

6. Matematika, amaliy matematika va informatikaning dolzarb muammolari

7. O‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining dolzarb muammolari

8. Xorijiy tillarni o‘qitishda yangi texnologiyalar, zamonaviy yondoshuvlar

9. Yangi O‘zbekistonda tarix fanini o‘rganishning dolzarb muammolari

10. Shaxs shakllanishida psixologiyaning o'rni.