Professor o‘qituvchilarning birinchi “Ilmiy-amaliy konferensiya” bo‘lib o‘tdi.

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2023-yil 1-iyun kuni professor o‘qituvchilarning birinchi “Ilmiy-amaliy konferensiya” bo‘lib o‘tdi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilarning olib borayotgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targ‘ib etish va rag‘batlantirish maqsadida “Professor-o‘qituvchilarning 2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan birinchi ilmiy-amaliy konferensiya” bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruzachilar mavzuga oid dolzarb masalalar, muammolar va ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbirning asosiy qismida kichik mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va o‘zimizga moslashtirilishi yuzasidan takliflar muhokama etildi.