“Yashil makon” loyihasida faolmiz!

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Oltinsoy tumanida joylashgan 44-umum ta’lim maktabiga 50 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi.
Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini bajarish maqsadida, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari Oltinsoy tumanida joylashgan 44-umum ta’lim maktabiga borishdi. Dastlab, maktab faoliyati bilan tanishib, maktab hududi va maydonini ko‘zdan kechirishdi. Maktab atrofida ekin ekilmagan maydonga 50 tup mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Bundan tashqari, maktab oʻqituvchilariga universitet faoliyati va ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ma’lumotlar berib oʻtildi.