“Koʻngil ekologiyasi”

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti maktabgacha va boshlang'ich ta’lim kafedrasi tomonidan rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Bugungi kunda global ekologik muammolar koʻpayib borayotganligi sababli yoshlar orasida ekologik ta’lim va ekologik masʼuliyat hissini uygʻotish va rivojlantirish maqsadida turli tanlovlar oʻtkazilmoqda.
Shunday tanlovlardan biri Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Koʻngil ekologiyasi” mavzusida boʻlib oʻtdi.
Talabalarning ekologik muammolarga munosabatini oʻrganish va uni bartaraf etishdagi gʻoyalarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan rasmlar tanlovida maktabgacha ta’lim yoʻnalishi talabalari faol ishtirok etishdi.