Ilmiy tadqiqotlar va barqaror innovatsion rivojlanish markazi

Ilmiy tadqiqotlar va barqaror innovatsion rivojlanish markazi

  • 25.03.2026
  • 94
Blog Image

Ilmiy tadqiqotlar va barqaror innovatsion rivojlanish markazi universitetda ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish, zamonaviy va amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlarni rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni barqaror rivojlanish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

Markaz professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirish bilan birga, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)ga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik va ijtimoiy inklyuziya yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlarni rag‘batlantiradi.

Markaz milliy va xalqaro grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashadi, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali universitetda innovatsion muhitni shakllantiradi. Shu bilan birga, hududiy iqtisodiyot, sanoat va xizmatlar sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tahliliy tadqiqotlar olib boradi.

Markaz faoliyati ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda universitetning strategik rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Natijada, markaz nafaqat ilmiy salohiyatni oshirish, balki hudud va mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga real hissa qo‘shishni maqsad qiladi.

Haftalik top yangiliklar