Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi

  • 21.02.2026
  • 164
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi tashkil etilgan bo‘lib, u xotin-qizlarni ijtimoiy siyosiy qo‘llab-quvvatlovchi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida o‘z aksini topgan ijtimoiy siyosiy kafolatlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi Kengash hisoblanadi.

 

Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Shu bilan birga, u qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, o‘zaro hamkorlik va hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoatchilik fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

 

Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

 

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;

 

- xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ulami ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;

 

- xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi

 

bo‘lgan ayollaming manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashadi;

 

- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratinl amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;

 

- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni vazirlikka kiritadi;

 

- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlami ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

 

- talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;

 

- xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

 

- milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablaming joriy etllishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi;

 

tizimida samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlami Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.