DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Mustaqil izlanuvchi Xolboyeva Iroda Shuxrat qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida somatik komponentli proverbial frazeologizmlarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/24.09.2025.Fil.197.01 raqamli ilmiy kengashning 2025-yil 26-dekabr kuni soat 10:00 dagi 01-son majlisida bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy rahbar:
Mamataliyeva Navbahor Xo‘jamberdiyevna — filologiya fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar:
— birinchi opponent: Bakirov Poyon Uralovich — filologiya fanlari doktori, professor;
— ikkinchi opponent: Jabborov Sherzod Xalikulovich — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Boshlanish vaqti: 2025-yil 26-dekabr, soat 10:00
Manzil: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) asosiy binosi, 11-xona.