IBRAGIMOV RUSTAM ALIJANOVICH

1981-yil 16-aprelda Denov shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetini, 2006-yili Toshkent davlat yuridik institutini hamda 2025-yili Termiz iqtisodiyot va servis universitetining magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat moliyasi va xalqaro moliya yo‘nalishini tamomlagan. Mutaxassisligi – bank ishi, huquqshunos va moliya-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda huquqshunos sifatida boshlangan. Keyinchalik prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlab, katta nozir, tergovchi, bo‘lim prokurori sifatida faoliyat olib borgan.
2019–2021 yillarda Bosh prokuratura tizimida o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tergovchisi, 2022–2025 yillarda esa Surxondaryo viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.
2025-yildan Rustam Аlijanovich Termiz shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritmoqda. U adliya kichik maslahatchisi unvoniga ega.
Kasbiy tajribasi va bilimlari bilan qahramonimiz huquqni muhofaza qilish organlarida samarali xizmat qilib kelayotgan malakali mutaxassis sifatida eʼtirof etiladi.