MUXAMMADIYEV SUNATILLA ABDISAMATOVICH

1983-yil 8-mart kuni Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. U bolaligidan tartib-intizom, aniq hisob-kitob va moliya sohasiga qiziqqanligi bois 2004-yilda Termiz davlat universitetining moliya yo‘nalishini tamomladi. 2025-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomladi.
Sunnatilla Abdisamatovich 2005-yil iyul oyida Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Tashkiliy-inspektorlik bo‘limida katta inspektor sifatida ish boshladi. Keyingi yillarda u jismoniy shaxslarni soliqqa tortish, nazorat qilish va bu bo‘lim faoliyatini boshqarish bo‘yicha bir necha mas’ul lavozimlarda ishladi.
Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat soliq boshqarmasi Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bo‘limi bosh inspektori, Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 2016–2017-yillarda u Surxondaryo viloyati bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limiga rahbarlik qildi. Bu davrda u bozor infratuzilmasida tartib-intizomni mustahkamlash va soliqqa oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashga katta hissa qo‘shdi.
2018-yildan esa Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritdi. Ushbu lavozimda u soliq tushumlarini oshirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirdi.
2022-yil aprel oyidan Surxondaryo viloyati Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida shahar soliq tizimini samarali boshqarish, byudjet tushumlarini oshirish, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Muxamadiyev Sunnatilla Abdisamatovich o‘zining qariyb 20 yillik mehnat faoliyatida davlat soliq tizimida barcha bosqichlarni bosib o‘tgan, katta tajribaga ega malakali rahbar sifatida tanilgan. Uning faoliyatida tartib-intizom, qonunchilikka qat’iy amal qilish va zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etish asosiy mezon bo‘lib kelgan. Bugungi kunda u Termiz shahrining iqtisodiy barqarorligi va byudjet mustahkamligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilmoqda.