TOG‘AYEV RAHMATILLO RAVZATOVICH

TOG‘AYEV RAHMATILLO RAVZATOVICH

  • 27.08.2025
  • 8
Blog Image

1987-yil 3-oktabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Yoshligidan san’atga mehr qo‘ygan, shu bilan birga, ijtimoiy hayotga faol yondashgan Rahmatillo Ravzatovich hayot yo‘lida bilim olish va jamoatchilik faoliyatini uyg‘un olib bordi.

U 2011-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim yo‘nalishini tamomlab, musiqiy ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ldi. Keyinchalik 2023-yilda yana o‘sha oliygohning sirtqi bo‘limini tugatib, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisod mutaxassisligini egalladi. 2025-yilda esa Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Rahmatillo Tog‘ayev talabalik yillaridayoq mehnat faoliyatini boshladi. 2009–2010-yillarda Termiz tumanidagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasida hisobchi lavozimida ishlagan. 2011–2017-yillarda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Surnxondaryo viloyat Kengashida madaniyat va ma’rifiy ishlar bo‘limi mudiri, Uzun tuman Kengashi raisi bo‘lib, viloyat kengashida bo‘lim mudiri, shuningdek, tuman kengashi raisi lavozimlarida xizmat qildi.

2019–2021-yillarda Uzun tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan Rahmatillo Tog‘ayev yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ma’naviy tarbiyasini mustahkamlash borasida ko‘plab tashabbuslarni amalga oshirdi.

2021-yilda O‘zMТDP viloyat Kengashi raisining mafkuraviy masalalar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritdi. Shu yilning o‘zida Diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Surnxondaryo viloyat boshqarmasida xizmat qildi.

2024-yildan hozirgi kungacha Termiz tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Rahmatillo Ravzatovich Tog‘ayev yoshlar siyosati, madaniyat va ma’rifat yo‘nalishida fidoyilik bilan faoliyat yuritayotgan rahbarlardan biridir. U o‘zining ish uslubi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. Bugun u Termiz tumanida yoshlar kelajagi yo‘lida xizmat qilayotgan, yurt istiqboliga hissa qo‘shayotgan yetakchi rahbarlardan biri sifatida tanilgan.