АSHUROV KАROMАT MUSULMONQULOVICH

1979-yil 13-oktabrda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.
1986–1996 yillarda 8-umum ta’lim maktabida tahsil olgan. 2000-yilda Termiz davlat universitetini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2024-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini muvaffaqiyatli tugatgan. Ixtisosligi — o‘qituvchi, moliya.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda o‘qituvchi sifatida boshlab, 2003–2019 yillarda Surxondaryo viloyatida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2019-yil iyuldan Termiz shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Faoliyati davomida taʼlim va yoshlar siyosatida ko‘plab yangiliklar va islohotlarni amalga oshirgan. Xalqaro fan olimpiadalarida viloyat o‘quvchilarining ilk bor ishtirokini taʼminlagan, sport va fan sohasida yuksak natijalarga erishgan. 2019-yilda “Childrens academy Termiz” va “Smart children of Termiz” nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etgan. Maktabgacha taʼlim qamrovini 55,9 foizga yetkazgan, jinoyatchilikni kamaytirishga hissa qo‘shgan.
Mohir tashkilotchi, tashabbuskor va talabchan rahbar sifatida hurmat qozongan. Uning shogirdlari turli sohalarda yurt ravnaqiga xizmat qilmoqda.