ABDIRAXMANOV XAYITALI NORMUXAMMADOVICH

Abdiraxmanov Xayitali Normuxammadovich — 1993-yil 30-may kuni Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. U 2016-yilda Termiz davlat universitetini, 2024-yilda esa Termiz iqtisodiyot va servis universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, moliya va iqtisodiyot yoʻnalishlarida mutaxassislikka ega boʻldi.
Uning mehnat faoliyati 2016-yildan “Asakabank” tizimida boshlanib, qisqa vaqt ichida turli yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritdi. Kreditlash, biznesni qoʻllab-quvvatlash va chakana xizmatlar yoʻnalishidagi tajribasi orqali mas'uliyatli lavozimlarda ishlab, malakali mutaxassis sifatida shakllandi.
2019–2023 yillar davomida u bankning korporativ va chakana xizmat koʻrsatish boʻlimlarida yetakchi mutaxassis hamda boʻlim boshligʻi sifatida samarali faoliyat olib bordi. 2024-yildan boshlab esa «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati Termiz BXMda rahbariyat boshqaruvchi oʻrinbosari sifatida ish boshladi.
Abdiraxmanov Xayitali Normuxammadovich oʻzining izchil mehnat yoʻli, tashabbuskorligi va mas'uliyatli ish uslubi bilan jamoada hurmat qozongan. Uning asosiy maqsadi aholi va mijozlarga qulay, zamonaviy va ishonchli bank xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirishdir.