АLIMOV JALOL QUDRATOVICH

АLIMOV JALOL QUDRATOVICH

  • 26.08.2025
  • 9
Blog Image

1972-yil 26-mart kuni Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetini, 2006-yilda esa Samarqand davlat universitetini tamomlab, makroiqtisodiyot va yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan. 2025-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda yoshlar ishlab chiqarish brigadasida brigadir sifatida boshlagan. Keyinchalik savdo korxonalarida hisobchi va ishchi, sud ijrochisi, prokuratura tizimi hamda sudlarda masʼul lavozimlarda mehnat qildi. Shu bilan birga bank sohasida ham katta tajriba orttirib, turli filiallarda bosh yuristkonsult sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yildan boshlab Аlimov Jalol Qudratovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida xizmat qilib, Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi rahbariyati qoshida bosh yurist-maslahatchi lavozimida ish olib bordi. 2025-yildan esa Markaziy bank Yuridik departamenti Sud ishlarini yuritish va hududiy bosh boshqarmalar yuriskonsultlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh yuriskonsuli etib tayinlandi.

Jalol Qudratovich o‘zining 35 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida huquq sohasida katta tajriba to‘plagan, masʼuliyatli va tashabbuskor mutaxassis sifatida yuksak eʼtiborga sazovor bo‘lgan.