PАNJIEVА NIGORА NORMАXMАTOVNА

PАNJIEVА NIGORА NORMАXMАTOVNА

  • 26.08.2025
  • 17
Blog Image

Panjieva Nigora Normaxmatovna — masʼuliyatli va tajribali mutaxassis sifatida Surxondaryo viloyati energetika sohasida munosib o‘rin egallab kelayotgan buxgalteriya sohasining yetakchi kadrlaridan biri hisoblanadi.

1979-yil 14-fevralda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tavallud topgan. 2001-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi bo‘limida tahsil olib, menejment yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan. 2025-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetini magistratura bosqichida iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.

Nigora Normaxmatovna o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda iqtisodchi sifatida boshlagan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘z sohasida yuqori bilim va tajriba orttirdi. Shundan so‘ng, Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari tizimida turli lavozimlarda samarali mehnat qildi. 2016-yildan bosh buxgalter sifatida faoliyat olib borib, buxgalteriya ishlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishda faollik ko‘rsatdi.

2023-yildan buyon «Xududiy elektr tarmoqlari» АJ Surxondaryo hududiy filiali Markaziy buxgalteriyasi bosh buxgalteri sifatida samarali mehnat qilmoqda.

Panjieva Nigora Normaxmatovna buxgalteriya va iqtisod yo‘nalishida o‘zining halolligi, aniqligi va masʼuliyati bilan hamkasblari orasida obro‘-eʼtibor qozongan. Uning ishga mas’uliyat bilan yondashishi va puxta rahbarlik qobiliyati sohada samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.