BEGALIYEV A’ZAM OLIMNAZAROVICH

1988-yil 29-fevralda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Oliy ta’limni Termiz davlat universitetida olgan. 2025-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetini magistratura bosqichini tamomlab, iqtisodchi (tadqiqotchi-pedagog) mutaxassisligiga ega bo‘lgan.
O‘z faoliyati davomida ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan Begaliyev A’zam Olimnazarovich 2010-yildan boshlab Termiz iqtisodiyot kolleji va Termiz transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida turli lavozimlarda ishlagan. U o‘qituvchi, bo‘lim boshlig‘i, direktor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kasb-hunar o‘rganishida o‘z hissasini qo‘shgan.
2018-yildan boshlab rahbarlik faoliyatini olib borgan A’zam Olimnazarovich 2020–2025-yillarda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi direktori lavozimida ishladi. 2025-yildan esa Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumi direktori sifatida mehnat qilmoqda.
U o‘zining halol mehnati va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.