Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

  • 24.06.2025
  • 9
Blog Image

Otamurodov Shavkat Nusratillayevich

 

· OTMning xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil etish va xalqaro ta’lim talablariga mos malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

· Xorijiy OTMlar bilan o‘quv, ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma fakultet va kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

· Xorijiy davlatlar ta’lim tizimi rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish va ilg‘or uslub va texnologiyalarni joriy etishda yordam berish.

· Masofaviy ta’lim, yangi pedagogik va AKTni samarali qo‘llashni tashkil etish.

· Xorijiy OTMlarda malaka oshirish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni xorijiy grant va stipendiyalarga tayyorlash.

· Xorijiy OTMlardan tashrif buyurgan pedagoglar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish.

· Xorijiy ta’lim muassasalari bilan konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish.

· Xorijiy o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan kutubxona fondini muntazam boyitib borishni nazorat qilish.

· OTMning xalqaro hamkorlik shartlari asosida ichki attestatsiyani o‘tkazish va tashqi attestatsiyaga tayyorlash jarayonini boshqarish.

· Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning xalqaro hamkorlik bo‘yicha yillik faoliyatini tahlil qilish, xulosalar chiqarish va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha choralar o‘rish.

· O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikni tashkil etishga oid qonun hujjatlari va ichki normativ hujjatlarni mukammal bilish va ularning ijrosini ta’minlash.