O‘qituvchilarimiz olamshumul tadqiqotlar markazida

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari Chexiya Respublikasining eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri – FZU Fizika institutida bo‘lishdi. Ular bu yerda institut faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, shuningdek, xalqaro ilmiy guruhlar olib borayotgan izlanishlar bilan yaqindan tanishdilar. FZU – dunyo miqyosidagi ilg‘or tadqiqot muassasasi bo‘lib, u oltita asosiy yo‘nalishda ilmiy faoliyat olib boradi:
TISU delegatsiyasiga institut olimlari tomonidan ushbu yo‘nalishlar doirasida olib borilayotgan fundamental tadqiqotlar, xususan, koinotdagi harakatlarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yosh tadqiqotchilar tomonidan keltirilgan ilmiy yondashuvlar, tajriba uslublari va amaliy natijalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasida xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar, ilmiy almashinuv va stajirovka dasturlarini amalga oshirish borasida muhim qadam bo‘ldi.