Bitiruvchilarga Rektor tabrigi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilayotgan tantanali diplom topshirish marosimida universitet rektori Anvar Absamatov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich bilan samimiy tabrikladi.

Rektor o‘z nutqida bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ular egallagan bilim va ko‘nikmalar yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.