Ilmiy yutuqlar

Ilmiy yutuqlar

  • 14.07.2026
  • 43
Blog Image

Ilmiy yutuqlar egasi e'tirof etiladi!

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi universitet nufuzini yuksaltirish hamda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Shodiyev Akbar Ashurovichni navbatdagi yuksak ilmiy muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi.

2026-yilda Shodiyev Akbar Ashurovich dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Mazkur yutuq ustozning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yuqori ilmiy salohiyatining yana bir yorqin e'tirofidir.

Professorning ilmiy faoliyati quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topgan:

Scopus bazasidagi ilmiy maqolalar – 11 ta;

Impact Factor jurnallaridagi maqolalar – 33 ta;

OAK ro‘yxatidagi ilmiy maqolalar – 27 ta;

Darsliklar – 3 ta;

O‘quv qo‘llanmalar – 5 ta;

Monografiyalar – 9 ta;

Patent va mualliflik guvohnomalari – 4 ta;

Scopus H-index – 3.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi Shodiyev Akbar Ashurovichni ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan yana bir bor muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaydi. Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining ilm-fan rivoji yo‘lidagi yutuqlari hamda o‘quv yili davomida erishayotgan yuqori natijalari #ResearchImpact rukni ostida muntazam yoritib boriladi.

Haftalik top yangiliklar

Ilmiy yutuqlar
  • 14-07-2026
Qabul davom etmoqda
  • 15-07-2026