Sud tarjimonligi mavzusida xalqaro onlayn seminar

Sud tarjimonligi mavzusida xalqaro onlayn seminar

  • 02.06.2025
  • 107
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida “Turli sohalardagi tajriba orqali sud tarjimonligi vazifasini tushunish” mavzusida xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni professor Makiko Mizuno (Kinjo Gakuin Universiteti, Japan Association for Language and Law - JALL jamiyati raisi) ochib berdi.

Shuningdek sud tarjimonligi va tarjima sohasida 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan Andrew Right Meehan (Meehan Group kompaniyasi bosh direktori) bu haqida taqdimot qildi. Taqdimot davomida ingliz-yapon va yapon-ingliz tarjimasining nozik jihatlari, ayniqsa sud kontekstida, atroflicha yoritildi. 

Taqdimotdan so‘ng savol-javob sessiyasi tashkil etildi. Savollar asosan tarjimonning etik mas’uliyati, neytrallikni saqlash, va noaniq yoki ko‘p ma’noli iboralarni tarjima qilishdagi amaliy yondashuvlarga qaratildi.

Seminar Richard Powell (Nihon universiteti, JALL bosh kotibi) tomonidan yopilish nutqi bilan yakunlandi.

Ushbu seminarda sud tarjimonligining nafaqat lingvistik, balki psixologik va ijtimoiy jihatlarini chuqur o‘rganish, shuningdek, tarjimonning professionalligi huquqiy jarayonlarda hal qiluvchi omil ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.