Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

  • 04.09.2025
  • 37
Blog Image

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida qabul jarayonida fuqarolar bilan ishlovchi qoʻriqchi xodima tomonidan hurmatsiz munosabat bildirilgani haqida xabar tarqaldi.  

Ushbu holat yuzasidan universitet matbuot xizmati shuni ma'lum qiladiki, universitet rahbariyati tomonidan ushbu holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, batafsil oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar natijasida 2025-yil 21-avgust kuni universitet rahbariyati qabul jarayoniga “Qalqon guruhi” a'zolarini tartibni saqlash uchun jalb qilganligi, ushbu holatda “Qalqon guruhi” a'zosi qabulga kelgan fuqarolarni universitetning ichki tartib-intizomiga rioya qilish uchun faqat tartibga chaqirganligi ma'lum bo‘ldi.

 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu holat boʻyicha noxolis axborot tarqatmasliklarini soʻraymiz.