TISU va Koreya o‘rtasida hamkorlik kengaytirilmoqda

TISU va Koreya o‘rtasida hamkorlik kengaytirilmoqda

  • 02.09.2025
  • 16
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Koreyaning nufuzli "Taewoong Osan Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratildi.

Suhbat davomida ikki tomon o‘rtasida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi:

  • Universitet til markazida koreys tili kurslarini yo‘lga qo‘yish;
  • Koreya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
  • Til kurslari tinglovchilarini Koreyada ish bilan ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Ushbu kelishuvlar Termiz iqtisodiyot va servis universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga, talabalarga chet tillarini o‘rganish, xorijda tahsil olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Hamkorlikning amalga oshirilishi bilan universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari Koreyaning ilg‘or tajribasidan bahramand bo‘lishi, shuningdek, Koreya kompaniyalarida amaliyot o‘tash va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kutilmoqda.