TISUda yangi o‘quv yili boshlandi

TISUda yangi o‘quv yili boshlandi

  • 03.09.2025
  • 28
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025–2026 o‘quv yili o‘ziga xos ruhda boshlandi. Universitet talabalarni o‘z bag‘riga chorlab, an’anaviy “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini tashkil etdi.

Tadbirda universitet rektori A. Sattarov so‘zga chiqib, barcha talabalarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan qutladi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan iliq tilaklarini bildirdi. Rektor o‘z nutqida ta’lim jarayonida har bir talabaning faol ishtiroki, izlanishi va maqsad sari qat’iyat bilan intilishi muhimligini ta’kidladi.

Mazkur haftalik doirasida talabalarni oliy ta’lim muassasasining faoliyati, imkoniyatlari va istiqbollari bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati hamda afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazilishi belgilangan.  Shuningdek, talabalarga  mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillariga amal qilish borasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Ayni damda auditoriyalarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda.