“Korrupsiya - kelajakka tahdid!” insholar va videoroliklar tanlovi

“Korrupsiya - kelajakka tahdid!” insholar va videoroliklar tanlovi

  • 05.12.2025
  • 126
Blog Image

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilish va jamiyatdagi korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya - kelajakka tahdid!” mavzusida insholar va videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 

Mazkur ko‘rik-tanlovda barcha fakultet talabalari (kunduzgi, sirtqi va magistratura) ishtirok etishlari mumkin.

Insholar ko‘rik-tanlovi 1-dekabr kuni soat 10:00 da ustozlar nazorati ostida 213-xonada bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar esa 2025-yilning 1-dekabr sanasi soat 23:59 ga qadar  qabul qilinadi.

Yuboriladigan videoroliklarda adolat, halollik va koruppsiya illatining salbiy oqibatlari aks etishi kerak. Videorolik ishtirokchi muallifligida yaratilgan bo'lishi shart.

Videoroliklar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Mavzuning to‘liq yoritilishi -25 ball;
- Kreativlik – 25 ball;
- Kadrlar sifatliligi - 25 ball;
- Emotsional ta’sir va motivatsiya – 25 ball.

Videorolik tanlovi g‘oliblari quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 5 million so‘m 
2-o‘rin: 4 million so‘m 
3-o‘rin: 3 million so‘m 

Insholar tanlovi g‘oliblari quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 3 million so‘m 
2-o‘rin: 2 million so‘m 
3-o‘rin: 1 million so‘m 

Bor iste’dod va mahoratingizni ishga solib, tanlovda faol qatnashing va g‘oliblikni qo‘lga kiriting.