Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet rahbariyati, fakultet va bo‘limlar mas’ullari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, talabalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, universitet infratuzilmasini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va boshqa ta’lim obyektlarining tayyorgarlik holati, o‘quv-uslubiy hujjatlarni tartibga keltirish hamda talabalar uchun zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish hamda talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
