“Ilmli ayol – kuchli jamiyat”

“Ilmli ayol – kuchli jamiyat”

  • 29.06.2026
  • 56
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mahkamova Zulayho Baxriddinovna hamda Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Xidirova Zulxumor Abdurashidovna ishtirok etdi.



Tadbir davomida xotin-qizlarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ayollarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Tadbir yakunida mehmonlar universitetda ta’lim sifatini oshirish, talaba-yoshlar, xususan, xotin-qizlar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv va amaliy sharoitlar, infratuzilma hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.