Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovining ochilish marosimi

Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovining ochilish marosimi

  • 18.06.2026
  • 11
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovining tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.



Ochilish marosimida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 ta jamoa, oliy ta’lim muassasalari talabalari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida tanlovning maqsad va vazifalari, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.



Marosimda Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda turli zararli illatlardan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘z nutqida yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi.



Tadbir yakunida U.Qosimov barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilab, “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichini rasman ochiq deb e’lon qildi.