E'tirof

E'tirof

  • 14.05.2026
  • 70
Blog Image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!



Mazkur yutuq universitet yoshlarining milliy qadriyatlarga sadoqati, ijodkorligi hamda sahna madaniyatidagi yuqori mahoratini yana bir bor namoyon etdi. Shuningdek, tanlov doirasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi Shaxlo Qurbonova “Eng yaxshi badiiy rahbar” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.



Ushbu yuksak natija bilan jamoamizni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!