“Rektor stipendiyasi” g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

“Rektor stipendiyasi” g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

  • 08.05.2026
  • 45
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtidorli, tashabbuskor hamda bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Rektor stipendiyasi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi.



Mazkur stipendiya tanlovi davomida talabalarning o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy-ijodiy faoliyati, jamoat ishlaridagi faolligi hamda universitet hayotidagi tashabbuskorligi asosiy mezon sifatida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, jami 39 nafar talaba “Rektor stipendiyasi” sohibi deb topildi.



Tadbir davomida g‘oliblarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, stipendiya sohiblari 2025/2026-oʻquv yilining ikkinchi yarimi uchun har oy 1 million so‘m miqdorida stipendiya bilan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi. Bu esa yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yanada katta marralar sari ruhlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ta’kidlash joizki, “Rektor stipendiyasi” universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.