Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Tarix fanlari bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Tarix fanlari bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etildi

  • 07.03.2026
  • 535
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2026-yil 5-martdagi №382/2-sonli qarori asosida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzurida PhD.03/2025.27.12.Tar.13.01 raqamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash yangilangan tarkibda faoliyat yuritishi tasdiqlandi.

 

Yangi kengash quyidagi ikki ixtisoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish vakolatiga ega:

  • 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi;
  • 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.

 

Ilmiy kengash raisi etib tarix fanlari doktori, dotsent Tursunov Nurullo Narzullayevich, ilmiy kotibi etib esa tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovich tayinlandi. Kengash 11 nafar a'zodan iborat.

 

 Mazkur qaror universitetning respublikadagi ilmiy nufuzini yanada mustahkamlab, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.