Go‘zallik va nafosat bayrami

Go‘zallik va nafosat bayrami

  • 06.03.2026
  • 280
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

 

Bayram dasturida so‘zga chiqqanlar ayollarning jamiyatimizdagi beqiyos o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

 

Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish maqsadida milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli hududlarga xos milliy liboslar namoyish etilib, ularning bezaklari, rang-barangligi va estetik jozibasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar milliy kiyimlarimizning tarixiy ahamiyati, ularning an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari haqida ham ma’lumotlar berishdi.