Bayram shukuhi
Bahorning ilk kunlari yurtimizga nafaqat uyg‘onish faslini, balki go‘zallik va nafosat bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunini ham olib keladi. Shu munosabat bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham ayyom ko‘tarinki ruhda va o‘zgacha tayyorgarlik bilan qarshi olindi.
Bugun universitet ostonasidan hatlab o‘tgan har bir ayol professor-o‘qituvchi va talaba-qiz borki, o‘zini haqiqiy e’zozda his qildi. Bayramona bezatilgan o‘quv binosining foyesida erta tongdan boshlangan tantanali kutib olish marosimi barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbiri talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan yanada jozibali tus oldi. Milliy raqslarimizning sho‘x ohanglari, jozibador kuy-qo‘shiqlar universitet binosini bayramona sado bilan to‘ldirdi. Talabalar o‘z ustozlari va tengdoshlariga bo‘lgan cheksiz hurmatlarini ijodiy chiqishlari orqali namoyon etishdi.
Universitet ma’muriyati va jamoaning erkak vakillari tomonidan ayollarga ko‘rsatilgan alohida ehtirom, guldastalar va samimiy tilaklar ayol qalbiga quvonch ulashdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar ayolning jamiyatdagi, xususan, ta’lim tizimidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib, universitetning ilmiy salohiyatini oshirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan olima ayollarimizga minnatdorchilik bildirdilar.

.jpg)
.jpg)

.jpg)