“Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlarning iqtidori, bilim va salohiyatini namoyon etishga qaratilgan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda fakultetning 4 ta guruhidan saralangan faol, bilimdon va chaqqon qizlar ishtirok etib, 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Har bir shart davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilim darajasi, sahna madaniyati, ijodkorligi, zukkoligi hamda iqtidorini namoyon etdilar.
Dastur davomida dunyo xalqlari raqslari namoyish etildi, shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.Ko‘rik-tanlov yakunida barcha shartlar bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra aniqlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



.jpg)
