“Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan uchrashuv
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri — har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazish an’anasi asosida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.Mazkur tadbir talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning fikr va takliflarini tinglash, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Esanov so‘zga chiqib, avvalo davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan muhim tashabbuslarga to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilayotgani, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy izlanishlari, amaliyot jarayonlari hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar haqida ham so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar universitet hayoti, ta’lim jarayoni, amaliyot, ilmiy faoliyat hamda kelgusidagi rejalari bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq tarzda yo‘lladilar. Bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
.jpg)

.jpg)
