O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy seminar

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy seminar

  • 03.03.2026
  • 923
Blog Image

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan XIII–XV asrlar adabiyotida “Xusrav va Farhod” ziddiyatining badiiy talqinlariga bag‘ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminar mumtoz adabiyot namunalari orqali Sharq adabiy tafakkurida muhabbat, sadoqat, hokimiyat va ma’naviyat masalalarining badiiy ifodasini tahlil qilishga qaratildi. Unda professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.

 

Seminar davomida filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent Shaxnoza Norkulova ma’ruza qildi. Ma’ruzada “Xusrav va Shirin” dostoni misolida asarning mazmun-mohiyati, undagi yetakchi obrazlar tizimi, xususan, zohid obrazining badiiy talqini hamda asarda ilgari surilgan axloqiy-falsafiy qarashlar atroflicha yoritib berildi.

 

Ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar berilib, qizg‘in munozaralar olib borildi.