Ta’lim sifati monitoringi

Ta’lim sifati monitoringi

  • 02.03.2026
  • 255
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv dasturlarining samaradorligini ta’minlash hamda talabalarning darslardagi faollik darajasini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ta’lim sifati monitoringi ishlari olib borilmoqda.

 

Mazkur jarayon universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlaridagi o‘quv mashg‘ulotlari muntazam tahlil etiladi.

 

Bugun o‘tkazilgan navbatdagi monitoring tadbiri Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish metodikasi, o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi, talabalarning dars jarayonidagi ishtiroki va faollik darajasi o‘rganildi.