Talabalarni malakaviy amaliyotga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta'lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalarini malakaviy amaliyotga kuzatish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi, amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, hujjatlar bilan ishlash qoidalari hamda amaliyot dasturi asosida hisobot yozish talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Malakaviy amaliyot talabalarga real ish muhitiga moslashish, kasbiy faoliyatning amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish va nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda sinab ko‘rish imkonini beradi. Bu esa ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim omil hisoblanadi.


.jpg)