Xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U. Choriyev, Xotin-qizlar kengashi raisi M. Norbosheva, universitet psixologi S. Xudayarova hamda profilaktika inspektori Sh. Allayorov ishtirok etib, ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga nisbatan noo‘rin munosabatlar, xususan tegajog'lik va tazyiq o'tkazish holatlarining oldini olish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbatida quyidagi masalalar keng muhokama qilindi:
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-qizlarning huquq va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilish, ta’lim muassasasida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni shakllantirishdan iborat.