TISUda fanlar olimpiadasi

TISUda fanlar olimpiadasi

  • 25.02.2026
  • 1302
Blog Image

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Tarix kafedrasi tashabbusi bilan 1-, 2- va 3-bosqich talabalari o‘rtasida tarix fanidan fan olimpiadasi tashkil etildi. Mazkur tadbir Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilimini baholash va ularning intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan muhim ilmiy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

 

Olimpiada talabalarning tarix fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli va bilimli talabalarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

 

Fan olimpiadasi uch bosqichda tashkil etildi:

  •  Test sinovi – talabalar bilimini tezkor va xolis baholashga qaratildi;
  •  Og‘zaki savol-javob va vaziyatli masalalar – ishtirokchilarning mustaqil fikrlashi, tarixiy jarayonlarni tahlil qila olish qobiliyatini aniqlashga xizmat qildi;
  •  Yozma ish – talabalarning mavzu yuzasidan chuqur bilimga ega ekanini, tarixiy manbalar bilan ishlash va yozma nutqini namoyon etish imkonini berdi.

Fan olimpiadasi jarayoni shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, baholash mezonlariga qat’iy rioya qilindi. Har bir bosqichda talabalar faoliyati xolis hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, natijalar ochiq e’lon qilindi.