Yangi nashrlar taqdimoti
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tomonidan talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida chop etilgan 20 dan ortiq darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur adabiyotlar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda amaliy tavsiyalar o‘rin olgan.
Tadbir yakunida kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi videorolik namoyish etilib, yoshlarni mutolaa qilishga va ilm olishga undovchi fikrlar ilgari surildi.