Giyohvandlik — umr zavoli

Giyohvandlik — umr zavoli

  • 19.02.2026
  • 1600
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni zararli illatlardan asrash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan “Giyohvandlik umr zavoli” shiori ostida fakultetlar o‘rtasida sahna ko‘rinishlari bellashuvi tashkil etildi. 

 

Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ma’ruf Ochilov hamda ushbu boshqarmaning o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili, podpolkovnik Suxrob Yoqubovlar ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida fakultet jamoalari tomonidan giyohvandlikning inson hayoti va taqdiriga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, “Student union” jamoasi talabalari ham o‘zlarining sahna ko‘rinishi bilan faol ishtirok etdi.

 

Hakamlar hay’ati tomonidan chiqishlar ijodkorlik, mazmun, tarbiyaviy ahamiyat va sahnalashtirish mahorati mezonlari asosida baholandi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin – Tibbiyot fakulteti;
2-o‘rin – Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti;
3-o‘rin – Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti jamoalari egalladi.

 

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar hamda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Haftalik top yangiliklar