“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • 18.02.2026
  • 1522
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki AJ bo‘lim boshlig‘i Behruz Ostonov hamda Milliy bankning Surxondaryo viloyat bo‘limi “Kelajakka qadam” loyihasi bo‘yicha menejeri Alpjamol Ergashev ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuv davomida talabalar “Kelajakka qadam” loyihasi dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va uni rivojlantirish masalalari bo‘yicha batafsil taqdimot bilan tanishtirildi. Shuningdek, 10 nafardan ortiq talabaning alohida biznes loyihalari yuzasidan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularga tegishli yo‘nalishlar, tavsiyalar va amaliy maslahatlar berildi. Mazkur loyihalar doirasida ayrim talabalar bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

Ushbu uchrashuv bitiruvchi talabalar uchun o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘lib, ularning kelgusidagi tadbirkorlik faoliyatiga mustahkam zamin yaratdi.